
Unga ko‘ra, har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi.
Qoidabuzarliklar quyidagicha baholanadi:
Tezlikni oshirib, avtomashina boshqarganlik uchun 1-ball, Svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘idan o‘tganlik uchun 3-ball.
Hisoblangan jarima ballari 12 balldan oshgan hollarda, haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
UZA