Prezident qaroridan keyingi yosh hunarmand hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar
«Xanjap» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yosh ustalardan biri Oxunjon Embergenov ko‘p yillardan buyon mebel ishlab chiqarishni oilasining doimiy daromad manbaiga aylantirgan.
-Ustaxonamizda tayyorlanayotgan
keng assortimentdagi, zamonaviy dizaynga ega mebellar nafaqat yakka tartibdagi xaridorlarning, balki tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlarning ham ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shmoqda.Yaqinda mahallamizdagi hokim yordamchisi Polat Jumamuratovning yordami bilan 100 million so‘m imtiyozli kredit oldik. Zamonaviy mebel ishlab chiqarish uskunasini sotib olib o‘rnatishimiz bilan seximizda ish hajmi 1,5 barobarga oshib, 4 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Mahsulotlarimiz sifati yanada oshishi bilan xaridorlar izi uzilmay qoldi. Ilgari hech qanday garovsiz kredit olish imkoniyati yo‘q edi, bunday imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimizga rahmat! – deydi usta hunarmand Oxunjon Embergenov.





