“HUNARLI EL TO’ZMAS”

Prezident qaroridan keyingi yosh hunarmand hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar

“Xanjap” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yosh ustalardan biri Oxunjon Embergenov ko‘p yillardan buyon mebel ishlab chiqarishni oilasining doimiy daromad manbaiga aylantirgan.
-Ustaxonamizda tayyorlanayotgan
keng assortimentdagi, zamonaviy dizaynga ega mebellar nafaqat yakka tartibdagi xaridorlarning, balki tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlarning ham ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shmoqda.Yaqinda mahallamizdagi hokim yordamchisi Polat Jumamuratovning yordami bilan 100 million so‘m imtiyozli kredit oldik. Zamonaviy mebel ishlab chiqarish uskunasini sotib olib o‘rnatishimiz bilan seximizda ish hajmi 1,5 barobarga oshib, 4 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Mahsulotlarimiz sifati yanada oshishi bilan xaridorlar izi uzilmay qoldi. Ilgari hech qanday garovsiz kredit olish imkoniyati yo‘q edi, bunday imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimizga rahmat! – deydi usta hunarmand Oxunjon Embergenov.

 

 

 

Skip to content